Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanoy tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    25.08.2021

    Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanoy tumanida zamon talablariga  mos tarzda jihozlangan “Raqamli texnologiyalar” o’quv markazining ochilish marosimi bo’lib otdi.

    Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Shumanoy tumani hokimligi, tizimdagi korxona va tashkilot rahbar va xodimlari shuningdek, Shumanoy tumani aholisi va yoshlari qatnashdilar.

    Boshqa barcha IT markazlarda bo‘lganidek Shumanoy  tumani filiali markazida ham kerakli texnik vositalar bilan ta’minlangan markazda yoshlarga axborot texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, veb dasturlash, mobil ilovalarni yaratish, IT ishbilarmonlik va loyihalarni boshqarish asoslarini o‘rgatish, robototexnika va kibersport sohalarini o‘rgatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  Markaz 20ta kompyuterlar majmuasi va robototexnika jihozlari bilan ta’minlangan.

    Manba: Axborot xizmati