Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Urganch filialida IT-Inkubatsiya markazi ochildi
    29.08.2021

    Bugungi kunda mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, xususan bu sohaga yoshlarni kengroq jalb etishga alohida e’tibor qaratilib qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xorazm viloyati yoshlarining axborot texnologiyalari sohasida innovatsion loyihalarni ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari uchun shart-sharoit yaratish orqali ularni har tomonlama qo‘llab–quvatlash maqsadida joriy yilning 28-avgust kuni Muhammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Inkubatsiya markazi tashkil etildi.

    Markazni ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari hamda viloyatdagi barcha soha korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

    Ushbu markaz zamonaviy dizayn asosida ta’mirlanib, eng so‘ngi rusumdagi kompyuter va boshqa zarur texnika vositalari bilan to‘liq jihozlandi.

    Inkubatsiya markazida viloyat yoshlari o‘zlarining axborot texnologiyalari va dasturlash sohasidagi start-ap loyihalarini ishlab chiqib ularni amaliyotga joriy etish bilan shug‘ulanadilar. Muhammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilgan Inkubatsiya markazi Xorazm viloyati yoshlari uchun mamlakatimizning Mustaqillikning 30 yillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati