Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    30.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayramini keng nishonlash munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizim korxonalari va mobil aloqa operatorlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 32-son Mehribonlik uyida   xayriya tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbir davomida yoshlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga qiziqtirish maqsadida IT Park Buxoro filiali bilan hamkorlikda Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Kibersport musobaqalari tashkil etildi. Kibersport musobaqasi g‘oliblariga sertifikatlar hamda tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar uchun tikuv mashinalari va sport anjomlari tantanali ravishda topshirildi.

    Shuningdek, tadbir doirasida bayram konsert dasturi tashkil etilib, tadbir yakunida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati