Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori va talabalar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
    30.08.2021

    Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor va talabalar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda talabalar to'g'ridan-to'g'ri turli mavzularda savollar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

    Uchrashuvda  70 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar va kadrlarni qayta tayyorlash, dasturlash kurslarini ochish, shuningdek talabalarga ta'lim berish sharoitlarini optimallashtirish kabi  savollar bilan murojaat qildilar.  

    Bundan tashqari, ochiq muloqot paytida talabalar tomonidan bir qancha takliflar ilgari surildi.  Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va TshIU talabalari bunday uchrashuvlarni "Ochiq muloqot" formatida muntazam o'tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

    Manba: Axborot xizmati