Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi samarali faoliyat olib bormoqda
    31.08.2021

    Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi,  Marg‘ilon shahar hokimligi,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, TATU Farg‘ona filiali, Farg‘ona viloyati Politexnika instituti va 10 dan oshiq rezident va IT- tashkilotlar ishtirok etishdi.

    Bugungi kunda mazkur korxonada 500 dan ortiq yoshlar IT sohasida kompyuter savodxonligi, dasturlash tillari, robototexnika kurslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, 30 dan ortiq yoshlar IT sohasida o‘zini o‘zi band qilib frilanserlik faoliyati bilan shug‘ullanib, 10 ga yaqin IT korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.  Shuningdek, “Bir million dasturchilari” loyihasi bo‘yicha 2000 nafardan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 400 nafari xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

    Uchrashuv davomida Axborot texnologiyalari dunyosiga dadil qadamlar bilan kirib kelgan, salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritgan bu yoshlarning istiqboldagi rejalari  tinglandi. Shu bilan birga, markaz tomonidan bir yil davomida amalga oshirilgan loyihalar, yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida rasmiy hisobot berilib, tashrif buyurganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

     

    Manba: Axborot xizmati