Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyati yoshlari uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishga tushirilmoqda
    15.09.2021

    IT Park hamda  TATU Urganch filiali hamkorlikda Xorazm viloyatidagi startap g‘oyasi bo‘lgan yoshlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishga tushirildi.

    Ushbu dastur mutlaqo bepul va 2 oy davom etadi. Unda siz o‘z g‘oyangizni rivijlantirish va uni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Dastur  mentor yordami, tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar, tanlovlar, potensial investorlar uchun taqdimotga tayyorgarlik kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

    Ishtirok etishni xohlovchi yoshlar 28-sentabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

    Inkubatsiya dasturiga ro‘yxatdan o‘tish: https://incubation.ubtuit.uz/ru/startup