Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida o‘qituvchilar “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha taqdirlandilar
    30.09.2021

    Joriy yilning  30-sentabr kuni Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda IT-Park Jizzax filiali hamkorligida tadbir tashkil qilindi.

    Tadbirda Ustoz va murabbiylar kuni  munosabati bilan  kollej va texnikumlarda tahsil olayotgan talaba o‘quvchilar orasida “Bir million dasturchi” loyihasini keng targ‘ib qilishda o‘z hissasini qo‘shgan bir qator o‘qituvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.