Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati yoshlari o‘rtasida IT-tanlovlar o‘tkazilmoqda
    30.09.2021

    Samarqand viloyatining yoshlari o‘rtasida “Dasturlash”, “Robototexnika” va “Kibersport” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlarning shahar va tuman bosqichlariga start berildi.

    Viloyatning Jomboy, Bulung`ur, Oqdaryo, Ishtixon, Urgut tumanlarida bo‘lib o‘tgan tanlovlarda jami 600 dan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.
    Mazkur tanlovlar  yoshlar uchun  dasturlash, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan. 

    Tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlarga qimmatbaho sovg`alar topshiriladi.