Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Tumaris EDU” loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi
    18.10.2021

    Sirdaryo viloyatida 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ayollarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga oʻrgatish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va raqobatdosh IT-loyihalarni amalga oshirishda ayollarni bosqichma-bosqich oʻqitishga qaratilgan “Tumaris EDU” loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi.

    Ushbu loyiha doirasida viloyatda tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlagan 460 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda IT Park viloyat filiali xodimlari hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ vakillari ishtirok etdilar.