Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminarlar o‘tkazilmoqda
    20.10.2021

    Sirdaryo viloyatida  “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida viloyatning Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun uzbekcoders.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 

    Ushbu seminarlar Mirzaobod tumanidagi 18-maktab, Oqoltin tumanidagi 1-maktab va Sardoba tumanidagi 21-maktablarda o‘tkazildi hamda ushbu seminarlarda 83 nafar informatika fani o‘qituvchilari va 100 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi. Seminarlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom ettirilmoqda.