Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Samarqand filiali talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi
    27.10.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Telekommunikatsiya injiniring” kafedrasi o‘qituvchi-dotsentlari tomonidan talabalar uchun “Optik tolalar va ularning montaj texnologiyasi ” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. 

    Ta’kidlash lozim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda  “O‘zbektelekom”AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” 4-texnik bog‘lanmasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari shartnomasi  asosida  tashkil etilgan ushbu o‘quv darslari filialda ta’lim olayotgan talabalarning amaliy bilimlarni yanada mustahkamlash, kelajakda soha korxonalarida ish olib borishlarida qiyinchiliklarni osonlik bilan bartaraf etishga muhim zamin yaratadi.

    Manba: Axborot xizmati