Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi
    27.10.2021

    Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida  aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish  maqsadida  zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.

    Tadbirda tuman hokimligi,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.  

    Tadbir davomida  IT sohasida kadrlar tayyorlash, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida taʼlim sifatini yuksaltirish boʻyicha mamlakatning asosiy drayveri hisoblangan "raqamli iqtisodiyot"ni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida suhbat bo'lib o'tdi.

    Manba: Axborot xizmati