Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
    27.10.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi universitetlardan biri bo‘lib, o‘z talabalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. 

    Joriy yilning 27-oktabr kunidan boshlab  yotoqxonada yashovchi  TshIU talabalari uchun, Toshkent shahridagi Inha universiteti va yotoqxona yo‘nalishi bo‘yicha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 47 ta  o‘ringa mo‘ljallangan qulay avtobus yotoqxonada istiqomat qiluvchi barcha xohlovchi talabalar uchun har kuni kunduzgi va kechqurungi qatnovni amalga oshiradi.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan navbatdagi qadam bo‘ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati