Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Dasturiy mahsulot va xizmatlar eksporti yanada kengaytiriladi
    25.12.2021

     

    2021-yil 25-dekabr kuni Yangi O'zbekiston” gazetasining 261-sonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning maqolasi chop etildi. 

    Mazkur maqolada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

    Maqola gazeta ko'rinishidagi varianti.

     

    AKT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar kelajak taraqqiyoti uchun muhim

    Bugun davlatimiz rahbariga O‘zbekistonda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish asosiy ustuvor vazifalar, oldimizda turgan rejalar bo‘yicha batafsil taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bundan 4 yarim yil oldin Prezidentimiz farmoni bilan O‘zbekistonda ayti kompaniyalar uchun alohida rejim yaratilgan edi va ayti park rezidentlari tomonidan axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berilgan edi. Shuning natijasida qisqa vaqt ichida ayti park rezidentlarining eksporti ellik baravardan ko‘p oshdi. Joriy yilda 40 million dollar ayti xizmaatlari eksporti bo‘lishini kuzatib turibmiz. Bu to‘rt yil oldin hech kimning xayoliga kelm agan narsa. Endi buyog‘iga oldimizga yanada katta vazifalar qo‘yildiki, ya’ni imkoni boricha bu eksportni yanada ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish. Hozir eksportimizning 75 foizi aynan AQSH bozoriga, ya’ni u yerdagi logistika xizmatlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endi sekin-sekin boshqa bozorlarga ham eksportni ko‘paytirib, bolalarimizga qo‘shimcha ishchi o‘rin yaratish. Shu bolalarimiz hozir o‘zining yurtida, o‘zining oilasi bilan yashab, xuddi chet elda ishlaganday yaxshi daromadli sohaga ega bo‘lishdi.

    Undan tashqari yana bir katta yo‘nalish bu ma’lum bir xizmatlarni ausordingga berish. Bu yo‘nalishda alohida bir matematik kuchli baza kerakmas. Yoki dasturlashni bilish shart emas. Chet tillarni bilsa, kompyuterdan foydalanuvchilar darajasida biladiganlar bo‘lsa bemalol dipyo kompaniyalarga ishga kirib, foydalanishi mumkin. Bizning endigi maqsadimiz buning ko‘pchiligi Toshkent shahrida edi, aynan dipyo bozorini yoshlarimiz ko‘p bo‘lgan hududlarga olib borib, u yerda yoshlarimizni o‘rgatib, shu narsaga ularga ishchi o‘rinni yaratish masalasi. Endi bu ishlarning yurishib ketishi uchun albatta yana qo‘shimcha iishlashimiz kerak bo‘ladi. Chunki, O‘zbekistonning o‘ziga yarasha ayti xizmatlari markaziga aylantirishimiz kerak. Buning uchun endi dasturlashni o‘rgangan bolalarimiz bilan bunga erishish qiyin. Besh olti nafar bola uchun yuqori malakali mutaxassisi, masalan Junior bo‘ladigan bo‘lsa sinior dasturchilar ham kerak. Bularni O‘zbekistonga kelishiga vaqtinchalik bu yerda ishlashiga qulaylik yaratib berishimiz kerak. Shuning uchun davlatimiz rahbari tomonidan aynan ularni O‘zbekistonga olib kelish, katta tadbirlarni o‘tkazish yoki alohida ayti viza joriy etish masalalari bo‘yicha topshiriqlar berildi. Va bu ishlarni amalga oshirganimizdan keyin xorijda ishlab yurgan yuqori malakali dasturchi ham bemalol O‘zbekistonga kirishida alohida e’tibor bilan ko‘proq yoshlarimizga ustozlik qilishiga ularning imkoniyati bo‘ladi. Natijada yoshlarimiz o‘z malakasini oshirib boradi. Undan tashqari katta ayti kompaniyalarimiz 10 million dollardan ziyod bo‘lgan ayti kompaniyalarimiz yoki 20 milliondan ortiq bo‘lgan ayti kompaniyalarimiz yanada qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlari ko‘zda tutilyaptiki, ularning ayti parkka bo‘lgan ajratmalarini 25-50 foizga kamaytirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

    Ayti parkdan tashqari juda katta vazifa oldimizga qo‘yildi davlatimiz rahbari tomonidan. Bu elektron hukumat tizimini joriy etish va shu yo‘nalishdagi reytingda yuqoriga ko‘tarilish masalasi. Davlatimiz rahbariga axborot berdik shu haqda. Hamma rejalarimizni to‘g‘ri yo‘nalishdagi vazifalarni oldik. Eng birinchilardan biri bu infrasukruktura komponenti, ya’ni qishloq joylargacha yuqori tezlikdagi internetni yetkazib borish eng dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Uch yil davomida asosan ijtimoiy-siyosiy ob’ektlarga optik tola tortilishi bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Endi shu olib borilgan optik tolani o‘sha joylarda yashaydigan aholiga yetkazib berish qoldi. Buning uchun biz joylardagi portlarning sonini kamida 1 milliontaga oshirishimiz kerak. Shunda kamida bir millionta qo‘shimcha abonentga xizmat ko‘rsatishga imkoniyat bo‘ladi.

     

    Sherzod ShERMATOV,

    Axborot texnologiyalari va

    kommunikatsiyalarini

    rivojlantirish vaziri