Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident “O‘zbektelekom” AKni transformatsiya qilish masalasiga to‘xtaldi
    14.04.2022

    Prezident “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini transformasiya qilish masalasiga to‘xtaldi.

    “O‘zbektelekom” jahonning nufuzli aloqa kompaniyalariga o‘xshab, davlatga yuqori daromad keltiruvchi, sifatli xizmatlarni eksport qiluvchi, yuqori texnologik, daromadli va namunali kompaniya bo‘lishi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.

    Joriy yilda kompaniyaning  operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda hozirgi murakkab vaziyatda kiberxavfsizlik masalasiga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Joriy yil birinchi chorakning o‘zida axborot tizimlariga chetdan 200 tadan ortiq kiberhujum uyushtirilgan.

    “Shuning uchun bugun kiberxavfsizlik to‘g‘risida Qonunni imzoladim. Bu yangi qonun hozirgi zamon tahdidlariga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo‘ladi”, –dedi Prezident.

    Manba: Axborot xizmati