Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Malakali IT kadrlarni tayyorlashda va BPO markazlarni tashkil etish orqali yoshlarni ish bilan taminlashda xususiy o‘quv markazlari muhim ahamiyatga ega
    16.04.2022

    Bugun, 16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida “Open Web Academy” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Qarshi shahrida joylashgan mazkur o‘quv markaz yoshlarga IT sohasida qator  va dolzarb IT yo‘nalishlari, ya’ni veb dasturlash, Android dasturlash, 3D-dizayn bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Shuningdek, bolalar uchun ham maxsus kurslar tashkil qilingan. Bugungi kunga qadar 250 nafardan ortiq yoshlar “Open Web Academy” o‘quv markazining kurslarini tamomlagan.

    Tashrif doirasida o‘quv markaz faoliyati to‘g‘risida taqdimot ham o‘tkazildi. Unda o‘quv markaz vakillari o‘z reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi. Kelgusida “Open Web Academy” o‘quv markazida IT-English, Digital marketing, Foundation yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

    Hozirgi kunda BPO-xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha “Open Web Academy” o‘quv markazi tomonidan olib borilayotgan faoliyat ham istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

    AKT vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, yuqori maoshli IT kasblarni egallash evaziga yoshlarning bandligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri. Shu tufayli malakali IT kadrlarni tayyorlaydigan BPO markazlarni tashkil etish orqali yoshlarni ish bilan taminlashga ko‘mak beradigan xususiy o‘quv markazlarning hissasi ham muhim ahamiyatga ega.

    Manba: Axborot xizmati