Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurib, ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarga chet tillarini o‘rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
    11.05.2022

    Bugun, 11-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi. 

    Hozirgi kunda texnikumda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 137 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. 

    Shuningdek, texnikumda jami 17 nafar o‘qituvchi va 12 nafar tashqi o‘rindoshlik asosidagi soatbay pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov IT texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

    O‘quvchilarining IT kompaniyalarda va tizimdagi tashkilotlarda amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

    Yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish, chet tillarini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish yuqori texnologiyalar sohasidagi bilimlarini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati