eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan “Eko shahar” massivida kommunikatsiya infratuzilmasini keng joriy etish topshirig‘i berildi
    16.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida bir nechta obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

    Asosiy maqsad – viloyatda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

    AKT vaziri tashrif doirasida Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan “Eko shahar” massivida bo‘lib, telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar taqdimotini va u yerda qurilayotgan zamonaviy uy-joylar, binolar va maydonlar bilan yaqindan tanishdi.

    Mutasaddi soha korxonalari rahbarlariga “Eko shahar” massivida zamonaviy kommunikatsiya infratuzilmasini keng joriy qilish bo‘yicha puxta reja asosida tizimli ishlarni tashkil etish topshirig‘i berildi.

    Manba: Axborot xizmati