Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
    14.06.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sohada tizimli ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktyabrdagi PF–6079-son Farmoni ijrosi bo‘yicha tizimli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

    Bugun, 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili ishtirokida o‘rganish natijalari muhokama etildi va sohaning keyingi rivoji uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.