Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Mastercard Yevroosiyo hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    16.09.2022

    Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Mastercard kompaniyasining Sharqiy Yevropa bo‘limi prezidenti Yasemin Bedir hamda raqamli to‘lov tizimlari sohasidagi bir qator mutaxassislar ishtirok etdi.

    Muzokaralar davomida aholining raqamli va moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha qator takliflar muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, dastlab tomonlar O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat ekotizimini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes salohiyatini oshirish, shuningdek, potentsial hamkorlik platformasini, jumladan, onlayn to‘lov platformasini yaratish masalalarini muhokama qilib, memorandum imzolagan edi.

    Manba: Axborot xizmati