Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijonda AKT vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
    21.10.2022

    Joriy yilning 20-oktabr kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari D. Rustamov, Vazirlikning Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J. Po‘latov, Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z. Samatov va soha korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

    Mazkur sayyor qabul axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, soha yo‘nalishida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

    Dastlab vazir o‘rinbosari D. Rustamov mamlakatimizda, jumladan, Andijon viloyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish, aloqa, internet, telekommunikatsiya xizmatlari, axborot texnologiyalari, pochta xizmatlari, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muammo va takliflarini eshitish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Shundan so‘ng sayyor qabulda ishtirok etayotgan fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlar va iste’molchilarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

    Uchrashuv mobaynida telekommunikatsiya xizmatlari, mobil aloqa xizmatlari va aholiga optik tolali aloqa liniyasi orqali internet xizmatini ko‘rsatish xizmatlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida ta’lim olish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga esa topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda 50 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati