Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1 GHz dan past radiochastota spektridan foydalanish istiqbollari”ga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi
    26.10.2022

    “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1 GHz.dan past radiochastota spektridan foydalanish istiqbollari” mavzusida sessiya o‘tkazildi.

    Sessiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikalarida 1 GHz.dan past radiochastota diapazonida radioeshittirish, harakatdagi radioaloqa xizmatlarini rivojlantirish, kelajakdagi rejalari, shu jumladan, mintaqada 5-televizion kanalini bo‘lishish bo‘yicha muvofiqlashlirish masalalari, 470-694 MHz radiochastota polosasida qo‘shimcha kanallarni izlash yo‘llari va imkoniyatlari, 700 MHz diapazonda 5G-NR/IMT-2020 tizimlarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ma’ruzalar bilan ma’lumotlar almashinildi.

    Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari aloqa ma’muriyatlari mutaxassislaridan tashqari Xalqaro elektraloqa ittifoqi ekspertlari, radioelektron vositalarni ishlab chiqaruvchi dunyoning yirik telekommunikatsiya vendorlari jamiyati GSA va GSMA mutaxassislarini ham ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

    Manba: Axborot xizmati