Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish chora-tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi
    14.12.2022

    Bugun, 14-dekabr IT Park majmuasida “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

    Seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Xalqaro OS “CERT International” akademiyasi, TUV Thuringen-Germaniya, “CERT International” – Slovakiya Xalqaro Sertifikatlash organlari xodimlari ham ishtirok ishtirok etishdi.

    O‘quv seminarini tashkil etishdan asosiy maqsad – tizimdagi mavjud korrupsion xavf-xatarlar va ularni oldini olish, Korrupsiyaga qarshi kurashishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining o‘rni, maqsadi, vazifalari kabi mavzularni izchil o‘rganish va takomillashdirishdan iborat.

    Yig‘ilishda AKT vaziri Sh. Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etib, So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani boshqa jabhalarda bo‘lgani kabi mazkur islohotlarni amalga oshirishda ham raqamli texnologiyalar muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

    “Iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali jamiyatimizda oshkoralikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’yi-harakatlarimizda kutilgan natijalarga erishishimiz mumkin.

    Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqilib, ushbu yo‘nalishda tizim faoliyatini mustahkamlash, mavjud normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 10 dan ortiq ichki lokal hujjatlar tasdiqlandi.

    Avvallari davlat ishiga kirish shaffof bo‘lmagan jarayon edi. Mana hozirda argos.uz platformasi orqali vakant joylarga e’lon beriladi va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar shaffof tarzda ishga qabul qilinmoqda. Xuddi shuningdek, boshqa tashkilotlar ham shu kabi tizimlarni ko‘paytirib, inson omilini kamaytirishi kerak”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov o‘z nutqi davomida.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, joriy yilda korrupsiyaga oid qonunbuzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha vazirlik va uning tizimidagi korxona, tashkilotlarda jami bo‘lib 30 dan ortiq uchrashuv, seminar va davra suhbatlari hamda boshqa profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

    Shuningdek, Vazirlikning rasmiy web-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va telegram kanali orqali korrupsiyaning oldini olish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan barcha tadbirlar muntazam ravishda keng yoritib kelinmoqda. 

    Bugungi yig‘ilishda ishtirok etgan rahbar-xodimlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati