Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bir nechta loyihalar bilan tanishdi hamda Anglashuv memorandumlari imzoladi
    15.12.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

    Mazkur xizmat safari davomida bir nechta uchrashuvlar, Axborot texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqot institutlariga tashriflar o‘tkazildi, Memorandumlar imzolandi. 

    Seul shahar boshqaruv tizimi (TOPIS) faoliyati bilan tanishuv

    AKT vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev Seul shahri meriyasi xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori o‘rinbosari Kim Mi Sun bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida TOPIS tizimi imkoniyatlari va istiqbollari, uni joriy etish natijasida transportni, favqulodda vaziyalarni va havfsizlik holatlarini boshqarish bo‘yicha erishilgan natijalar muhokama qilindi va taqdimotlar o‘tkazildi.

    KOICA rahbariyati bilan uchrashuv

    Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Yevroosiyo davlatlari bo‘yicha departamenti bosh direktori Cho Xeng Lan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida KOICA bilan IT Park o‘rtasidagi imzolangan “O‘zbekistonda IT Park salohiyatini oshirish va barqaror rivojlantirish” loyihasining bir yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra ushbu loyihani jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

    330 ming dollarlik kelishuv 

    AKT vazirligidan iborat delegatsiya a’zolari Koreya Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligiga tashrif buyurib, ushbu vazirlik rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

    Tashrif davomida Koreya Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Xan Chang Sob bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish” loyihasini davom ettirish bo‘yicha anglashuv Memorandumini imzolandi. Loyiha doirasida 2020-2022-yillar uchun 1 mln dollar mablag‘ ajratilgan edi.

    Ushbu loyihani davom ettirish maqsadida Koreya tomoni bilan 2023-yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida loyiha qiymati 330 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    FINTECH CENTER KOREA bilan Anglashuv Memorandumi imzolandi

    Koreyaga tashrifi doirasida AKT vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev Koreya moliyaviy texnologiyalar markazi (FINTECH CENTER KOREA)ga borib, u yerda Markaz raisi Pyon Yong Xan bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida Moliyaviy texnologiyalar (fintech) bo‘yicha Koreya Respublikasining vakolatli organi sifatida Koreya moliyaviy texnologiyalar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar va raqamli itisodiyot sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Koreya ilg‘or institutiga tashrif

    Ilm va texnologiyalar yo‘nalishida startaplar bo‘yicha Koreya ilg‘or institutiga tashrif buyurildi.

    Tashrif davomida institut vitse-prezidenti Kim Yong Te bilan uchrashildi.

    Uchrashuv davomida Koreya Respublikasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

    Startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha masalalar

    Koreya Respublikasida elektron hukumatni yanada rivojlantirish, moliyaviy texnologiyalarning Koreya moliya industriyasiga o‘tkazayotgan ta’siri va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

    Koreya Respublikasining Yonsey universiteti professori Jaye Mun tomonidan “Raqamli hukumat va innovatsion boshqaruv” masalasida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu ma’ruzada Koreya Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va ushbu xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

    Bunda, 2000-yillardan boshlab hozirgi kunga qadar ushbu yo‘nalishda yetakchi o‘rinlarga chiqishgacha amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilishi va rejalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

    “Arthur D. Little” kompaniyasi menejeri Sayyong Li tomonidan “Yirik texnologik kompaniyalar tomonidan Koreya moliyaviy industriyasini o‘zgartirishi” masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

    Taqdimotda Koreyaning an’anaviy moliya tizimiga yirik texnologik kompaniyalar tomonidan o‘tkazayotgan ta’siri, ushbu sohada moliyaviy texnologiyalarning joriy etilishi natijalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

    Jumladan, hozirgi kunda AQSH, Xitoy va Yevroittifoq davlatlarida moliyaviy texnologiyalar sohasining rivojlanishi holati, Koreya Respublisida “Naver”, “Kakao” va “Toss” kompaniyalarda moliyaviy texnologiyalar joriy etilishi Koreyaning butun moliyaviy tizimiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Shu bilan birga, Koreya Respublikasida nodavlat-notijorat muassasa sifatida faoliyat yuritib kelayotgan “D-CAMP” tashkilotiga tashrif buyurilib, ular tomonidan startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

    Manba: Axborot xizmati