Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryoda dasturchi yoshlar o‘rtasida “Hackathon” tanlovi o‘tkazildi
    16.12.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va IT Park viloyat filiali hamkorligida dasturchi yoshlar o‘rtasida “Hackathon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tanlovdan asosiy maqsad – axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarga ko‘maklashish, shuningdek, ular o‘rtasida raqamli texnologiyalarni keng targ‘ib qilish, yoshlarga IT sohasidagi keng imkoniyatlardan foydalanish uchun sharoit yaratishdan iborat.

    Tanlovda 30 dan ziyod yosh dasturchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdilar.

    Tanlov so‘ngida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati