Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endi chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga onlayn joylashtirishlari mumkin
    19.12.2022

    My.gov.uz'da ishga tushgan yangi qulaylik tufayli O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladilar.

    Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:

    – O’zi va farzandiga JSHSHIR olish;
    – bolaning fan baholari qo’yiladigan hujjati va uning o’zbek tilidagi tarjimasi;
    – bolaning sog’ligi to’g’risida ma'lumotnoma.

    Agar arizani bolaning ota-onasi o’rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. 

    Xizmatdan foydalanish bepul.

    Manba: Axborot xizmati