Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-sertifikatni qo'lga kiriting va keshbek oling!
    19.12.2022

    Xalqaro sertifikatga ega, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolarimiz my.gov.uz orqali ariza topshirib, o‘qishga sarflagan xarajatlarining 50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

    Talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi yoki vasiy haqidagi ma’lumotlarni keltiradi.

    Arizani ko‘rib chiqish, sertifikatni tekshirish va plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

    Eslatma!

    Imtihon xarajatini 50 foizini qaytarib olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kun o‘tmasdan murojaat qilish lozim.

    – Sertifikat yo‘nalishlariga:

    – Coursera

    – Oracle

    – Udemy

    – Microsoft

    – Google va boshqalar kiradi. 

    Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

    Onlayn ariza yuborish

    Manba: Axborot xizmati