Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT haftalikka start berildi
    20.12.2022

    IT Park Farg’ona filialida IT haftalikka start berildi.

    Ushbu haftalik o’zida hakaton, ideaton, workshop hamda kibersport dasturlarini qamrab oladi.  Tadbir esa dasturchilar uchun 2 kunlik Hakaton musobaqasi bilan boshlanib, unda 24 ta jamoa qatnashmoqdalar.

    Jamoalar 2 kun mobaynida tibbiyot, taʼlim, ijtimoiy soha, agrar (qishloq xoʻjaligi), marketplace, IoT va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari boʻyicha oʻz gʻoyalarini amalga oshiradilar.

    Ochilish marosimida Margʻilon shahar hokimi A. Ziyavutdinov, AKT vazirligi hududiy boshqarmasi rahbari Y. G'ofurov, Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmasi boshligʻi Z. Yunusov, IT Park Fargʻona filiali direktori B.Djalilov hamda 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

    Haftalikning keyingi bosqichlarida TATU Farg’ona filiali bilan hamkorlikda ideaton tanloviga start berish reja qilingan. Asosiy tadbirlardan biri esa bu hafta yakunidagi g’oliblarni qimmatbaxo hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlash marosimi hisoblanadi. 

    Manba: Axborot xizmati