Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonni yangi IT autsorsing xabiga aylantirishda xorijiy davlatlardagi elchilarimiz bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
    22.12.2022

    Bugun, 22-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida (IT Park) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad – xalqaro maydonda O‘zbekistonning IT salohiyatida erishilgan yutuqlar va yuqori salohiyatga egaligi to‘g‘risida potensial investorlarni boxabar qilish va hamkorlik o‘rnatishdan iborat.

    Uchrashuvda O‘zbekistonni yangi IT autsorsing xabiga aylantirishda xorijiy davlatlardagi elchilarimiz bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari IT Park faoliyati va IT-kompaniyalar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdi.

    Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan masofaviy xizmatlar eksporti, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt texnologiyalari va uni yanada rivojlantirish haqida ma’lumotlar berildi.

    Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugun O‘zbekistonda IT tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy normativ-huquqiy baza barpo etilgan, qator soliq va bojxona imtiyozlar taqdim etilgan, respublika bo‘ylab zamonaviy infratuzilmaga ega IT parklar tashkil etilmoqda. Yurtimizda malakali IT kadrlarning yetarli ravishda mavjudligi ham muhim afzalliklaridan biridir.

    Uchrashuv davomida joriy yil oxiriga qadar IT-eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish maqsad qilingani aytib o‘tildi.

    Xususan, 2019-yilda IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan IT mahsulot va xizmatlarning eksporti 6,2 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda mazkur ko‘rsatqich 16,4 million dollargacha o‘sdi. 2021-yilda esa 46 mln dollarni tashkil etdi.

    Joriy yilda rezident kompaniyalar soni 1073 taga va xorijiy kompaniyalar soni esa 157 taga yetdi.

    Shu ma’noda AKT vaziri Sh. Shermatov O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan chet eldagi katta kompaniyalarning yurtimizda vakolatxonalarini ochishga ko‘maklashish xalqaro IT maydonda yurtimizni tanitish, O‘zbekiston xalqaro IT xabga aylantirish masalalarini muhokama qildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston IT bozoriga xorijiy investorilarni jalb qilish, IT Park rezidentlari xorijiy IT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati