Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yashil makon” loyihasi doirasida “Aloqachilar bog‘i” tashkil etildi
    24.12.2022

    Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

    Xususan, 2021-yilda AKT vazirligi tomonidan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha tasdiqlagan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUKga tegishli yer maydonlarida jami 5055 ming dona ko‘chat ekilib, 142 foizga ishlar bajarilgan.

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bardavom etgan holda Vazirlik tashabbusi bilan Vazirlik tizimidagi “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga qarashli 3-sonli Radiostansiya hududida 3 gektar yer maydoni ajratilib, “Aloqachilar bog‘i” tashkil etildi.

    Bugun, 24-dekabr kuni AKT vazirligi va “RRTM” DUK rahbar va xodimlari umummilliy loyihasiga o‘zlarini hissalarini qo‘shib, tashkil etilayotgan “Aloqachilar bog‘i”da ekilishi rejalashtirilgan 1600 tup olma, gilos, bodom hamda yong‘oq daraxtlari ekildi.

    Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda qishloq va shaharlarni, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini bundan-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat. 

    Manba: Axborot xizmati