Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryoda yoshlar o‘rtasida ilk bor IT-sohasida “Istiqbolli IT-loyihalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
    26.12.2022

    Qashqadaryo viloyatida Yoshlar o‘rtasida ilk bor IT-sohasida “Istiqbolli IT-loyihalar”(Ideathon) viloyat hokimi sovrini uchun ko‘rik-tanlovinining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ko‘rik tanlov yakunida har bir loyiha chuqur o‘rganilib, taqdim etilgan loyihalarga qo‘yilgan ballar umumlashtirilib, hisoblash natijasida Hakamlar hay’ati tomonidan bir ovozdan 1-o‘rin “Fenix”, 2-o‘rin “Remobile” va 3-o‘rin “Javohir Group” jamoalari viloyat hokimining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi, jumladan:

    1-o‘rin, TATU Qarshi filiali talabalaridan iborat “Fenix” jamoasi a’zolariga “Sun’iy intellekt yordamida insonlarni ortiqcha vazndan ozod qilish uchun alohida tayyorgarlik mashqlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun moslashtirilgan “GiFitai” axborot tizimi uchun;

    2-o‘rin, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalaridan iborat “Remobile” jamoasi a’zolariga hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan energiya taqchilligida aholi xonadonlari va istemolchilar uchun muqobil energiyadan foydalanib, arzon narxlarda avtomatlashtirilgan qurilmalarni ishlatgan holda foydalanish hamda jarayonni mobil qurilma orqali kuzatib borish” imkoniyatini beruvchi “Yashil energetika” tizimi uchun;

    3-o‘rin, “IT-city” Akademiyasining tinglovchilaridan iborat “Javohir Group” jamoasi a’zolariga “Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha masofadan turib navbatga yozilish “Onlayn navbat” tizimi uchun berildi. 

    Bundan tashqari, ko‘rik tanlovda faol ishtirok etgan 10 ta jamoa ham sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

    Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 11-30-noyabr kunlari davomida ko‘rik tanlovga arizalar to‘liq onlayn shaklda qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tgan 212 ta arizalarning nizom talablariga mos keladigan 100 tasi tanlab olindi. Joriy yilning 12-14-dekabr kunlari 100 nafar ishtirokchidan iborat 55 ta jamoa sun’iy intellekt, tibbiyot, energetika, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda o‘z loyihalari bilan qatnashdilar.

    Manba: Axborot xizmati