Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Elektron hukumat: jamiyat rivoji poydevori” faoliyatning yillik tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
    26.12.2022

    Bugun, 26-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Elektron hukumat: jamiyat rivoji poydevori” mavzusida soha faoliyati tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda AKT vazirligi mas’ullari hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi O‘zbekistondagi raqamlashtirish jarayonlarini muntazam tahlil qilib, aholi qulayligi uchun elektron davlat xizmatlarini joriy etib boradi.

    Yil boshidan beri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da 68 ta yangi onlayn xizmatlar ishga tushirilib, umumiy elektron davlat xizmatlari soni 368 taga yetdi. Shulardan 242 tasi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, 225 tasi fuqarolarimiz uchun joriy qilingan. 240 ta xizmatdan esa bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Barcha pullik xizmatlardan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma belgilangan.

    Joriy yilda 12 milliondan ziyod aholi va tadbirkorlar elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali foydalanishdi.

    My.gov.uz ning mobil ilovasida 2022 yilda 50 turdagi yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinib, ular soni 160 taga yetkazildi. Shulardan 22 tasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, 92 tasidan esa bepul foydalanish mumkin bo‘ldi.

    2022-yil davomida elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ortidan aholining 36 mlrd.dan ortiq mablag‘lari tejalishiga erishildi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilari soni 2022 yilda keskin ortib, 4 mln.ga yetdi (2022 yil boshida – 1.1 mln.).

    Bunda fuqarolarimizning vaqti va mablag‘i tejalishiga, davlat idoralariga bevosita tashrifini qisqartirishga bosqichma-bosqich erishilmoqda.

    Joriy yilda ijtimoiy sohalarga doir xizmatlarni takomillashtirishga e’tibor yanada kuchaytirildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga my.gov.uz xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari uchun 50 foiz chegirma yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, 2022 yil 1 oktabrdan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odam immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimi joriy etildi. Bugungi kunda mazkur tizim orqali 3 mingdan ortiq nafaqalar tayinlandi.

    2022 yilda aholi tomonidan my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalanilgan TOP-3 xizmatlar: Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish (+400 ming), Kredit tarixini bilish (+267 ming), Avtotransport oynalari tusini qoraytirishga ruxsatnoma olish (+160 ming).

    Tadbirkorlar tomonidan eng ko‘p foydalanilgan TOP-3 xizmatlar: Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli shartnoma ma’lumotlarini tizimga kiritish (+128 ming), Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish (+81 ming), Loyiha-smeta hujjatlarini kelishishga ariza berish (+39 ming).

    My.gov.uz dan foydalanish gender statistikasida erkaklar – 57,6 foizni, ayollar – 42,4 foizni tashkil etgan. Yosh bo‘yicha eng ko‘p foydalanuvchilar soni 25-34 yoshlarga to‘g‘ri keladi (33,6%).

    Tijorat banklari bilan hamkorlik asosida “Anor mobile” mobil ilovasi orqali 7 turdagi hamda “QUANT” mobil ilovasi orqali 5 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

    Elektron hukumat tizimidagi axborotlar almashinuvida Yagona identifikatsiya tizimi – OneID ning o‘rni katta. Tizim foydalanuvchilari 7 millionga yetib, kuniga ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni 4 000 dan ortiqni tashkil etyapti. Davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirish maqsadida MobileID tizimi orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi.

    Sentyabr oyida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi barpo etildi.

    Xalqaro Uptime instituti tomonidan beriladigan TIER–III sertifikatiga ega ushbu markaz davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan xarajatlarini qisqartirishga, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Joriy yilda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib boriladigan Elektron hukumat reytingida 18 pog‘ona yuqorilab, 193 ta mamlakat orasida 69-o‘ringa ko‘tarildi (2020 yilda 87-o‘rinda edi).

    Jahon bankining “GovTech” reytingida hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha 37 pog‘onaga (198 mamlakat ichida 43-o‘rin), raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha 65 pog‘ona yuqoriladi (4-o‘rinni egalladi).

    “Open data Inception”ning 2022 yilgi tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha 4-o‘rinni egallagan (124 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan).

    Shu bilan birga, 2023 yilda Yagona portalda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Masalan, 1-sinfga onlayn qabul qilishga ariza yuborish, imtiyozli transport kartasini olish, ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish va hokazolar. Yo‘lga qo‘yilgan xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

    Yangi yildan elektron davlat xizmatlari safidan “proaktiv shakldagi” xizmatlar ham o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlar so‘rovi yanada qisqartirilib, minimal darajaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, asosiy e’tibor my.gov.uz mobil ilovasidagi xizmatlar sonini ko‘paytirishga qaratiladi hamda tijorat tashkilotlari xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

    Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati