Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro dasturlash musobaqasida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar va ularninig murabbiylari taqdirlandi
    28.12.2022

    Bugun, 28-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) binosida Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Moskva Davlat universiteti Toshkent shahar filiali hamda TATU talabalaridan iborat jamoalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgani munosabati bilan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    Joriy yilning 27-noyabr kuni “International Collegiate Programming Contest” (ICPC) global dasturlash musobaqasining chorak finali (hududiy bosqichi), ya’ni O‘zbekiston Respublikasi chempionati “IT-Park Cup” nomi ostida o‘tkazilgan edi.

    Bu bosqichda respublikaning 20 ta jamoasi ICPC chempionatining 2022-yil 6-7-dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan yarim final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishgan edi.

    Ma’lumot uchun: International Collegiate Programming Contest bu talabalar o‘rtasidagi dasturlash bo‘yicha jahon miqyosidagi eng yirik chempionat hisoblanadi, har yili 10 000 dan ortiq jamoalar ishtirok etadi, har bir jamoada 3 nafar talaba ishtirok etadi, ushbu chempionat finalchilari FAANG guruhiga kiruvchi kompaniyalardan, shuningdek, boshqa yirik va nufuzli tashkilotlardan ish taklifini olishadi.

    Musobaqaning yarim final bosqichida Shimoliy Yevroosiyo mintaqasidan 281 ta jamoa Belorussiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan tashkil topgan jamoalar o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.

    Musobaqaning yarim final bosqichi natijasiga ko‘ra:

    1. Moskva Davlat universiteti Toshkent shahar filialining “1 Awesome Team” jamoasi 2-darajali sertifikatga;

    2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Algo Experts” jamoasi 3-darajali sertifikatga ega bo‘lishdi.

    Shu munasabat bilan bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Moskva Davlat universiteti Toshkent shahar filiali jamoa a’zolari hamda ularning murabbiy-trenerlari kompyuter texnikasi sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

    Ushbu marosimda ishtirok etgan AKT vaziri Sh. Shermatov jamoa vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, bu kabi musobaqalarga yoshlarni yanada qiziqtirish va mamlakatimiz jamoalarini xalqaro darajada yanada yuqoriroq o'rinlarga chiqarish bo'yicha ishlarni tizimli tashkil etish bo'yicha rejalarni muhokama qildi.

    Manba: Axborot xizmati