Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi
    09.02.2023

    Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida UNCTAD/JST, Raqamli Texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish strategiyasi”ning  taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi va Xalqaro savdo markazi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, shuningdek, vazirlik va idoralar, O‘zbekistonning ishbilarmon doiralari vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos tadbirning kirish qismida, Raqamli texnologiyalar vazirligi elektron tijoratning rivojlanish bo‘yicha vakolatli davlat organi ekanligi, elektron tijorat subyektlariga yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar, shunigdek, raqamli bank va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Tadbirda Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi raxbari Sh.Adrian hamda xalqaro va mahalliy ekspertlar so‘zga chiqishdi.

    Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston qisqa vaqt ichida raqamli iqtisodiyotni turli sohalarga integratsiya qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda elektron tijoratining ekotizimi va raqamli iqtisodiyot rivojlanishning ilk bosqichlarida bo‘lib, kelgusida jadal rivojlanishiga ko‘maklashuvchi qator omillar mavjud. Xususan raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari parkini (IT-Park) yaratish uchun yetarli darajada yaxshi tayyorlangan internet-infratuzilmasi, va ayni paytda hududlardagi raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha xatti-harakatlari ildamligi, raqamli to‘lov xizmatlarining takomillashtirilishi va milliy marketpleyslari, shu o‘rinda, ikkita davlat marketpleyslari - tradeuz.com hamda unisavdo.uz yaratilishi – shular jumlasidan.

    Tadbir ishtirokchilari ta'kidlaganidek, Strategiya qulay elektron tijorat muhitini yaratishga, shu jumladan kompaniyalarning muvaffaqiyatli raqamli transformatsiyasi ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan asosiy faoliyatni belgilaydi. Bu O‘zbekiston kompaniyalariga minimal moliyaviy xarajatlar bilan yangi bozorlarga chiqish va ularning biznes modellari, jarayonlari hamda operatsiyalarini takomillashtirish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati