Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri xalqaro animatsiya va videografika yaratish korxonasi faoliyati bilan tanishib, uni kengaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi
    13.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida IT park rezidenti Codevision xalqaro animatsiya va videografika yaratish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    Codevision xususiy korxonasi 2020-yil sentabr oyida Jizzax shahrida tashkil etilgan. 

    Korxona 3D animatsiya va video grafika mahsulotlarini ishlab chiqarib, AQSH, Isroil va Germaniya davlatlariga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda korxonada 18 nafar yoshlar muntazam ish bilan ta’minlangan.

    Korxona asosan veb sayt yaratish, kompyuter dasturlari yaratish, 3D animatsiya video yaratish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. 

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov korxona faoliyati bilan tanishish davomida uni yanada kengaytirish, yoshlarni IT yo‘nalishlariga ko‘proq jalb qilish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida “Codevision” XK rahbari Bahrom Sidikov yurtimizda IT sohasini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanini aytib, kompaniya eksport hajmini yanada oshirmoqchi ekanini va kelgusida buyurtmalar hajmi oshishiga qarab yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati