Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezidenti “IT Progress Software” MChJ faoliyati ko‘zdan kechirildi
    11.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatidagi IT Park filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida “IT Progress Software” MChJ tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan BPO markazini ko‘zdan kechirdi. Ushbu rezident kompaniya negizida tashkil etilayotgan BPO markaz Rossiyaning “MELTOR” kompaniyasi bilan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

    Tashrif davomida vazir Sh. Shermatov “IT Progress Software” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi. Kompaniya rahbari yurtimizda IT sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibordan juda mamnun ekanini bildirdi hamda o‘z rahbarligidagi IT korxona faoliyatini yanada kengaytirish yo‘lida kelajakdagi rejalari haqida atroflicha ma'lumot berib o‘tdi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov rezident korxona ish faoliyati bilan atroflicha tanishib, mavjud muammolar haqida so‘radi. Shuningdek, IT eksport hajmini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tayyorlash va junior dasturchilar malakasini oshirish hamda viloyatda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati