Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistondagi birinchi amoCRM biznes konferensiyasi
    13.02.2023

    IT Park Tashkent amoCRM jamoasi bilan birgalikda O‘zbekistondagi birinchi yirik biznes konferensiyasini tashkil etdi. Ushbu konferensiyada 15 dan ortiq turli xil zamonaviy IT-yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha taniqli spikerlar so'zga chiqishdi va professional tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

    Shuningdek, ushbu konferensiyada spiker sifatida IT Park Toshkent filiali direktori Sherzod Abdurahmonov ham so‘zga chiqib, o‘z nutqida IT Park’ning faoliyati, IT-ta’lim tizimi hamda rezident-kompaniyalar uchun mavjud imtiyozlar haqida batasfsil so‘zlab berdi.

    Ma’lumot uchun: amoCONF bir yilda bir martta o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, u avval Vashington (AQSH), Dubay (BAA), Astana va Almata (Qozog'iston), Moskva va Sankt-Peterburg (Rossiya) kabi yirik shaharlarga bo‘lib o‘tgan.

    Manba: Axborot xizmati