Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi
    13.02.2023

    Bugun, 13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, xorijiy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro forum oʻtkazildi.

    Forumdan asosiy maqsad mamlakatimizda xotin-qizlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarning natijalarini muhokama qilish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish va hayotga tadbiq etishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilasi va jamiyatda hamda ilmiy-ijodiy faoliyatida erishayotgan yutuqlarini ibrat sifatida koʻrsatish orqali qizlarni ilmli boʻlishga undash, zamonaviy kasblarni egallashga targʻib qilishdan iborat.

    Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, hududiy oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, olima va tadqiqotchi ayollar qatnashadilar

    Manba: Axborot xizmati