Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BAAda bo‘lib o‘tgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari 2-o‘rinni egalladi
    14.02.2023

    BAAda bo‘lib o‘tgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari 2-o‘rinni egalladi.

    Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida O‘zbekistonning “Don’t Waste” startapi 2-o‘rinni egalladi.

    Loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti 3-kurs talabalari – Javohir Shomurodov, Valisher Alisherov, Azizullo Temirov, Mehrol Bozorov, Xusan Rashidov tomonidan ishlab chiqilgan. 

    “Don’t Waste” – bu ortib qolgan, tashlab yuborilishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va hadya qilish orqali chiqindilarga qarshi kurash maqsadida yaratilgan innovatsion ilova. U mahsulotlarini chegirmali narxlarda taklif qilish va ortib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga xayriya qilish imkonini beradi.

    Tanlov yakuniga ko‘ra, “Don’t waste” jamoasi 500 000 BAA dirhami (136 000 AQSh dollari) miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

    Manba: Axborot xizmati