Siz STEM fanida ilmiy daraja yoki PhD darajasiga ega bo‘lishni va o‘rganishga ishtiyoqi bor ayol qizlardanmisiz? Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika bo‘yicha magistrlik dasturi uchun stipendiya olishingiz mumkin.
Uch yildan buyon Britaniya Kengashi Amerika, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, G‘arbiy Bolqon, Markaziy Osiyo, Braziliya, Misr, Meksika va Turkiyadan ayollarni jalb qilish uchun Buyuk Britaniyaning 21 universiteti bilan hamkorlikda “Woman in STEM” stipendiyasi dasturini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
STEM tajribasiga ega bo‘lgan, moliyaviy yordamga muhtojligini bor va ayollarning kelajak avlodlarini STEM karyerasini davom ettirishga ilhomlantirmoqchi bo‘lgan ayollar doim kerak.
Nima uchun aynan bu stipendiya dasturi?
Ushbu stipendiya dasturi qizlar va ayollar uchun STEM imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. BMTning Fan taʼlimi va madaniyati tashkiloti (YUNESKO) maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyo boʻylab tadqiqotchilarning 30 foizdan kamrogʻini ayollar tashkil etgan va talabalarning atigi 30 foizi oliy taʼlimda STEM bilan bogʻliq sohalarni tanlagan. Biroq bu raqam asta-sekin kuchayib bormoqda va hozirda u 35 foizni tashkil qiladi.
2017-2018-yillardagi fanlar boʻyicha taqsimot shuni koʻrsatdiki, STEM fanlarini oʻrganayotgan ayollar soni kompyuter fanlari, muhandislik va texnologiya fanlariga qaraganda past boʻlgan va talabalarning 19 foizi ayollar, 81 foizi erkaklar edi. Fizika va matematika fanlari statistikaga mos ravishda 39% va 37% kuchliroq edi (ularning tengdoshlari mos ravishda 61% va 63% edi).
Qabul qilish mezonlari
Ariza beruvchilar quyidagi mamlakatlardan magistrlik stipendiyalariga ariza topshirishlari mumkin: Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Qozog‘iston, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, O'zbekiston, Turkiya, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Kuba, Yamayka, Meksika, Peru, Venesuela va Misr.
Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka, Kambodja, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Filippin, Tailand va Vetnam ayollari magistrlik stipendiyalari va erta akademik stipendiyalar olishlari mumkin.
Britaniya kengashi quyidagi ayol-qizlarni izlamoqda:
Siz Britaniya Kengashining ayollar STEM stipendiyasiga loyiq deb topilmaysiz, agarda:
(*): Qarindoshlar ota-ona yoki o‘gay ota-ona, aka-uka yoki o‘gay opa-singillar, bolalar yoki o'gay o‘g‘illar, turmush o‘rtog‘i, fuqarolik sherigi yoki turmush qurmagan sherik (agar er-xotin kamida ikki yil nikoh yoki fuqarolik sherikligiga o‘xshash munosabatlarda bo‘lsa).
Asosiy afzalliklari
Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
Arizalar bevosita bir nechta arizalarni siz tanlagan va belgilangan universitetlarga topshirishingiz mumkin.
Magistratura stipendiyalariga ariza topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil mart oyi. Muddatlari muassasaga qarab farq qilishi mumkin. Iltimos, umidsizlikka tushmaslik uchun tanlagan muassasangizdagi muddatlarni diqqat bilan tekshiring.
Ariza topshirishdan oldin barcha muvofiqlik talablarini tekshirib, to‘ldirganingizga ishonch hosil qiling. Arizangizni topshirganingizdan so‘ng siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetdan arizangizning holati haqida ma’lumot olasiz.
Buyuk Britaniya universitetlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni jadval asosida quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem
Manba: Axborot xizmati