Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir Surxondaryo viloyatida IT Park rezidenti faoliyati bilan tanishdi
    13.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida yana IT Park rezidenti – “IT Park Surxandaryo” MChJ faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu korxona 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonaning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Bugungi kunda korxona tomonidan viloyatning barcha tumanlarida o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markazlarda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun veb dasturlash, mobil dasturlash, grafik dizayn, robototexnika va veb dizayn boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan. Korxona 2022-yilda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bugungi kunda mazkur korxonada 37 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan.

    Korxona tomonidan “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali binosining bo‘sh turgan qismi zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlandi. IT sohasiga qiziquvchi aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Joriy yilda ushbu korxona tomonidan 5 ming nafarga yaqin o‘quvchilarni axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish rejalashtirilgan. Endilikda o‘quvchilar yanada qulay sharoitlarda axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni egallash ikoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Manba: Axborot xizmati