Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Termiz shahridagi IT Park rezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
    14.03.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahridagi IT Park rezidenti “TENX CODERS” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

    “TENX CODERS” MCHJ 2023-yilda tashkil qilingan bo‘lib, IT Park rezidenti maqomini qoʻlga kiritgan. Ushbu IT kompaniya IT-outsoursing va IT-outstaffing asosida xorijiy mijozlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.

    Shu bilan birgalikda, IT-export hajmini oshirish va kompaniya faoliyatini kengaytirish maqsadida 150 nafar yoshlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan “TENX Project” loyihasi (9 oylik maxsus dasturchilik kursi)da o‘qitilayotgani hamda o‘qish yakunida kompaniya tomonidan mazkur yoshlarga yuqori maoshli ish taklif etilishi vazir tomonidan yuqori baholandi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov suhbat jarayonida kompaniyaning keyingi rejalari va amalga oshirishi kerak bo‘lgan loyihalari bilan tanishdi.

    “TENX CODERS” dasturchilari hozirda moliyalashtirish sektorida bank tizimining “PerCapita” loyihasi ustida ish olib bormoqa. Bunda biznes investitsiya sohasini avtomatlashtirish uchun “Rapid Deligance” ilovasini yaratishmoqda.

    Bundan tashqari IT ta’lim yo‘nalishida o‘quv platformasini ishlab chiqish, “I am Future Wallet” elektron hamyon va Web3 loyihasi ustida ham ish olib borishmoqda.

    Jamoa ta’lim yo‘nalishidan tashqari “TEDU” LLC, “HRS”, “PerCapita”, “Rapid Deligance”, “I am Future Wallet” va “Waves Music app” chet el kompaniyalari bilan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu kompaniyalar ko‘p yillik biznes faoliyatiga ega bo‘lib, AQSH, Germaniya, Ukraina va Janubiy Korea davlatlariga IT xizmatlarini autsorsing faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

    Manba: Axborot xizmati