Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Agar jismoniy mehnatdan qochmoqchi bo'lsang, bilim o'rgan”
    03.04.2023

    IT sohasida ta’lim olib, bir necha yillik tajribaga ega, o‘z o‘rnini topgan, hozirda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”da bosh dasturchi sifatida ishlab kelayotgan bizning navbatdagi qahramonimiz — Odilxon Muxtorxo'jayev bo‘ladi. 

    Qahramonimiz Andijon viloyatida tug‘ilgan, yoshlikdan hayotning o‘ziga yarasha qiyinchiliklarini ko‘rgan va bobosining “Agar jismoniy mehnatdan qochmoqchi bo‘lsang, bilim o‘rgan” degan so'zidan xulosa chiqargan holda, IT sohasini Andijon viloyatida joylashgan o‘quv markazlarida informatika fanini o‘rganishdan boshlagan. 

    Shuningdek, Odilxon TATU bitiruvchisi va “One Million Uzbek Coders” loyihasida 2 ta yo‘nalish: full stack dasturchisi va database engineering'da tahsil olgan. Daromadi esa oyiga 3000 dollar. 

    Intervyu davomida yoshlarimizga IT sohasining mazmun mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va to‘g‘ri yo‘nalish tanlash bo‘yicha turli tavsiyalar berib o‘tdi. Suhbat barcha uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz.

    Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling

    Manba: Axborot xizmati