Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi
    04.04.2023

    Bugun, 4-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ozarbayjon Respublikasi Audiovizual vositalar Kengashi raisi Ismet Sattarov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Dastlab, delegatsiya vakillariga yurtimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshiralayotgan ishlar, kelgusi rejalar haqida ma'lumotlar berildi.

    Uchrashuvda, shunigdek, kelgusida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, IT kompaniyalarni milliy va xalqaro bozorlarda qo‘llab-quvvatlash va birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, telekommunikatsiya hamda mobil aloqa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bir nechta masalalarga e'tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati