Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadi
    05.04.2023

    Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 8-aprel, soat 14:00 da Jizzax viloyatida “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘lish bo‘lib o‘tadi.

    Loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan IT Park bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadi.

    Spikerlar:

    • Kamola Sobirova — Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi, ayol-qizlar uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, ular uchun ajratilayotgan ta’lim grantlari, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish haqida so'z yuritadi;;
    • Maxliyo Muksinova – “IT Park Uzbekistan”ning taʼlimni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari, u ayollarning raqamli savodxonligini oshirish boʻyicha mavjud va kelajakdagi loyihalar, shuningdek, IT sohasidagi koʻplab imkoniyatlar va istiqbollar haqida gapirib beradi;
    • Aqida Mohirova (Aqida Xanum) – blogger, faol va huquq faoli, u jamiyatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ayollarning rolini kuchaytirish haqida soʻz yuritadi;
    • Zuxritdinova Malika — MagmaStore kompaniyasida direktor, loyihalar yaratish va kompaniyalarda muvaffaqiyatli karyera qilish yo'llari haqida gapirib beradi.

    Tadbirda ishtirok etish uchun 7-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin (joylar soni cheklangan).

    Havola: http://bit.ly/40Ud2CF

    Eslatib oʻtamiz, “GAP” ayollar uchun IT-klub loyihasi ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning IT sohasidagi savodxonligini oshirish hamda ularni IT sohasida o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyatini yaratishdan iborat.

     

    Manba: Axborot xizmati