Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kibersport bo‘yicha ” keng ko‘lamli “Uzbekistan Esport Championship” turniri boshlanmoqda
    06.04.2023

    3-apreldan kibersport boʻyicha Oʻzbekistonning sovrin jamgʻarmasi 332 mln soʻmni tashkil qiluvchi eng yirik turniriga roʻyxatga olish boshlanadi!

    Turnirdan koʻzlangan asosiy maqsad – kibersportchilarning kibersport yoʻnalishi boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi va takomillashtirishiga boʻlgan motivatsiyasini oshirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishni keng ommalashtirish va sportchilarni yagona tizimga birlashtirishdan iborat.

    Turnir Cybergame.uz platformasida CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFootball kabi sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

    Turnir quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

    1. Har bir hududda tuman (shahar) onlayn kvalifikatsiyalari;
    2. Yarimfinal kompyuter klubida oflayn formatda;
    3. Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Oflayn formatdagi grand final

    Turnirda 16 yoshga toʻlgan va OneID tizimi orqali Cybergame.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan hamda respublika fuqarosi boʻlgan har bir oʻyinchi ishtirok etishi mumkin.

    Roʻyxatga olish 3-apreldan boshlanib 10-aprelgacha davom etadi.  Saralashning keyingi bosqichlari haqida ko'proq ma'lumot keyinroq taqdim etiladi.

    Turnir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va Sport vazirligi, IT-Park va kibersport bo'yicha nodavlat notijorat tashkilotlari, kibersport yo'nalishida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari ko'magida o'tkaziladi.

    Batafsil maʼlumotni havolada olishingiz mumkin: http://www.cybergame.uz/

    Manba: Axborot xizmati