Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uzum technologies kompaniyasi vakillari bilan yoshlarni IT yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
    06.04.2023

    Bugun, 6-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Uzum technologies kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    “Uzum” – bu bir qator kompaniyalar guruhi bo‘lib, foydali xaridlar va qulay to‘lovlar uchun eng yaxshi xizmatlarni ishlab chiqadi. 

    Uning maqsadi – kundalik vazifalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordamlashish uchun raqamli xizmatlar ekotizimini yaratishdan iborat.

    Uchrashuv avvalida IT Park faoliyati, rezidentlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. 

    Shuningdek, kompaniya vakillari tomonidan turli IT yo‘nalishlarida kadrlarni o‘qitib, malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirishni reja qilgani aytib o‘tildi. Yuqori bilimli mutaxassislarning ko‘payishi esa O‘zbekistonning xalqaro kompaniyalar uchun jozibadorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. 

    Shu bilan birga, uchrashuvda IT-akademiya UZUM bilan hamkorlikda tajribali dasturchilarni jalb qilgan holda yoshlarni talabi yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga tayyorlash kurslarini tashkil etish muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati