Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar vaziri Guliston shahridagi IT Live IT akademiyasining yangi binosini borib ko‘rdi
    08.04.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Guliston shahridagi IT Live IT akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Ushbu korxona 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu yilning o‘zida IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Korxonaning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish hamda dasturlah xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu korxonada IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun veb dasturlash, mobil dasturlash, grafik dizayn, 3D dizayn va veb dizayn bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.  Bugungi kunda korxona tomonidan 300 ga yaqin yoshlar dasturlash yo‘nalishida o‘qitildi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri kelgusida korxona faoliyatini yanada takomillashtirish va eksport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Shuningdek, malakali IT kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatiga chuqur e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. 

    Joriy yilda ushbu korxona tomonidan ming nafarga yaqin o‘quvchilarni axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish rejalashtirilgan. Endilikda o‘quvchilar yanada qulay sharoitlarda axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Manba: Axborot xizmati