Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi Jizzaxda bo‘lib o‘tdi
    10.04.2023

    Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 8-aprel kuni Jizzax shahrida joylashgan Sambhram Universitetida “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda 150 dan ortiq xotin-qizlar qatnashib, turli xil mavzularda debatlar, savol-javoblar, shuningdek, kichik ideaton musobaqalarida ishtirok etishdi. Ideaton g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, “IT Park Uzbekistan”ning ta’limni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maxliyo Muksinova, Bloger, jamoatchilik faoli Aqida Mohirova(Aqida Xanum), MagmaStore kompaniyasi direktori Malika Zuxritdinova va Sambhram Universiteti rahbariyat xodimlari ishtirok etdi. 

    Spikerlar xotin-qizlar uchun IT sohasidagi berilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ayollarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida so‘z yuritishdi va ishtirokchilarning savollariga kerakli javoblar berishdi.

    Ma’lumot o‘rnida hozirda Jizzax viloyatidagi IT markazda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha 90 nafar xotin-qizlar IT sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelishmoqda.

    Shuningdek, GAP loyihasi doirasida nafaqat oflayn uchrashuvlar, balki, mentorlik dasturlari, vebinar, seminar, ideaton va boshqa tadbirlar ham o‘tkazilib borilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati