Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Gonkong shahrida joylashgan China Mobile kompaniyasining Data markaz rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning Data markazlari Uptime Institute xalqaro tashkiloti tomonidan taqdim etilgan TIER III sertifikati asosida loyihalashtirilgan infratuzilmadan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Mazkur Data markaz yashil texnologiyalar kabi turli sohalarda kompaniya xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Kompaniya tomonidan abonentlar uchun virtual serverlar va bulutli (cloud) texnologiyalar asosida xizmatlardan foydalanish va kompaniya mijozlari o‘zlarining server qurilmalarini joylashtirish uchun imkoniyat yaratilgan.
Tashrif chog‘ida Data markaz faoliyati, imkoniyatlari va u yerda yaratilgan infratuzilma hamda Data markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ijobiy tajribalar almashildi.
Manba: Axborot xizmati